19:23 / 07.05.2021
2 999

Citroen kompaniyasi Lada Granta narxidagi mitti elektrofurgonni taqdim etdi (foto)


Foto: Citroen
Citroen kompaniyasi ixcham Ami kvadrasiklining tijoriy versiyasiga aylangan My Ami Cargo elektrokarini taqdim etdi. Sakkiz ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan mazkur furgoncha narxi 6490 dollardan boshlanadi. Bu pulga hamyonbop Lada Granta xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Yuk va yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan Citroen Ami furgonini qayta ishlash jarayonida uning bitta o‘rindig‘i olib tashlanib, o‘rnini 260 litrlik plastik boks sig‘adigan ikki pog‘onali pol egallagan. Ishchi yuza vazifasini bajaruvchi yechiladigan qopqog‘i 40 kilogrammgacha yukni ko‘tarishga qodir.

Foto: Citroen
Shuningdek, elektrokarning orqa qismida yana bir bo‘lmacha mavjud, My Ami Cargo’ga uzunligi 1,2 metrgacha, hajmi esa 400 litrgacha yukni joylashtirish mumkin. Hamyonbop furgondan, shuningdek, turli cho‘ntaklar, to‘rlar, yukxona uchun kamarlar o‘rin olgan. My Ami Cargo’ning xavfsizlik yostiqchasi yo‘q, biroq maksimal tezligi ham yuqori emas — soatiga 45 kilometr.

Foto: Citroen
Avtomobil sakkiz ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Sig‘imi 5,5 kilovatt/soatga teng akkumulator yordamida bir marta quvvatlanish orqali 75 kilometr yo‘l bosa oladi. Maishiy elektr tarmog‘i yordamida uni 3 soatda to‘liq quvvatlantirish mumkin.
Citroen’ning ma’lum qilishicha, ixcham furgondan pandemiya sharoitida turli yetkazib berish xizmatlarida foydalanish mumkin. Velosipedlardan farqli o‘laroq u yomg‘irdan himoyalangan va zarurat tug‘ilgan sovuq havoda isitish tizimiga ham ega.

Foto: Citroen
Citroen My Ami Cargo Fransiya bozorida 2021 yilning iyunidan sotuvga chiqadi. Uni birdaniga xarid qilish yoki uzoq muddatga ijaraga olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Citroen kompaniyasi Lada Granta narxidagi mitti elektrofurgonni taqdim etdi (foto)