Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e’lon qildi.
Fatvoga ko‘ra:
- Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shar’an vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e’tiqoddan va qunt bilan amal qilishlari kerak;
- Ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar’iy jihatdan haddidan oshgan va o‘z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
- Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo‘lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas.
- Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas.
- Transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lmagan holatda undan foydalanish shar’an man etiladi.
- Yo‘l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo‘l harakati ishtirokchilari o‘zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo‘pol so‘z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar