00:10 / 04.06.2021
2 759

Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng


O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e’lon qildi.

Fatvoga ko‘ra:
  • Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shar’an vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e’tiqoddan va qunt bilan amal qilishlari kerak;
  • Ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar’iy jihatdan haddidan oshgan va o‘z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
  • Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo‘lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas.
  • Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas.
  • Transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lmagan holatda undan foydalanish shar’an man etiladi.
  • Yo‘l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo‘l harakati ishtirokchilari o‘zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo‘pol so‘z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.
“Musulmon kishini yo‘l harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilishi kuzatuv kameralari yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari nazorat qilayotgani uchun emas, balki amaldagi yo‘l harakati qonun-qoidalariga amal qilish – islom shariatining talabi deb e’tiqod qilgan holda bajarishi kerak. Shunda yo‘lda yurish ham ibodatga aylanadi. Vallohu a’lam”, – deyiladi idora xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng