Foto: «Autolex.net»
Avtomobil bo‘yicha ekspertlar Britaniyaning Daily Express gazetasiga konditsionerni ishlatmasdan oftobda qizib ketgan mashinani sovitish yo‘llarini ma’lum qilishdi.
Maqolada ta’kidlanganidek, issiq kunda idishdagi muzlatilgan suvni sochiqqa o‘rab, bo‘yinning orqasiga o‘rindiqqa suyab qo‘yish mumkin. Bu usul haydovchini jaziramadan qutqaradi. Muz erigandan keyin esa salqin suvni ichsa ham bo‘ladi.
Oftobli ob-havo sharoitida avtoulov mutaxassislari salonga quyosh energiyasi bilan ishlaydigan mini ventilator o‘rnatishni tavsiya etishadi.
Yuqori haroratga qarshi kurashning yana bir samarali usuli — bu paneldagi havo shamollatgichi ustiga nam sochiqni o‘rnatish. Bu u orqali o‘tadigan havoni sovitishga yordam beradi. Ammo issiq havoda nam mato tez qurib qolishini unutmaslik kerak.
Shuningdek, mualliflar rul va boshqaruv paneliga matoli qoplama kiygizishni, derazalarni tushirib harakatlanishni va mashinani soyada qoldirishni maslahat berishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan