Shu yilning 9 iyun kuni Tojikiston Respublikasining Boxtar shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikiston Respublikasiga tashrifi arafasida birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida «Auto Motors» AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish uchun «UzAuto Motors Tadjikistan» qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Mazkur loyiha 2021 yilning 21 aprel kuni Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri – Sherali Kabirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan.
Unga ko‘ra, 2021 yilning 5-7 may kunlari «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan ishchi guruh Tojikiston Respublikasida bo‘lib, hamkor «AlyuminSoxtmon» kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini o‘rganib, qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borib qaytdi.
Dastlabki bosqichda loyihaning ishlab chiqarish quvvati 10 000ta avtomobilni tashkil etadi, kelgusida 35 000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.
Elatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 mart kuni Qozog‘istonning Ko‘stanay shahrida «Sariarka AvtoProm» MCHSh ishlab chiqarish quvvatlarida «Chevrolet» brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yig‘ish yo‘lga qo‘yilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi