08:41 / 23.06.2021
2 869

Toshkentda jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reydlar boshlandi


Toshkent shahrida jarimani vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari boshlandi, deya xabar bermoqda YXHBB.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari mas’ul idoralar xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimani 60 kun davomida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash choralarini ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga (transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi) ko‘ra, bu kabi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganda transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar jarima maydonchasiga joylanishi mumkin.

Transport vositalari oqimida jarima to‘lashi shart bo‘lgan haydovchilarni aniqlash AutoCon-SC mobil kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Maxsus tadbirning birinchi kunida poytaxtga kirishdagi yo‘l-patrul xizmati postlarining o‘zidayoq jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan 16 kishi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda jarima to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reydlar boshlandi