10:00 / 24.07.2021
3 295

UzAuto Motors 2021 yilda deyarli barcha modellarni ishlab chiqarishni qisqartirdi


Foto: UzAuto Motors
O‘zbekistonda 2021 yilning dastlabki olti oyida 108 780 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 34 675 donaga kam demak. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2021 yilda deyarli barcha modellarni ishlab chiqarish qisqargan, ayniqsa, bu Spark’ka qattiq ta’sir ko‘rsatgan — ushbu modelni ishlab chiqarish qariyb 60 foizga tushib ketgan. Damas va Labo modellarida esa aksincha:

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Mikrosxemalar tanqisligining bunga qanday aloqasi bor?
Avvalroq UzAuto Motors yarim o‘tkazgichlar tanqisligi sabab ishlab chiqarish keskin tushib ketgani va oqibatda yetkazib berish muddatlari uzayganini ma’lum qilgandi.
«Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba’zi bir vijdonsiz bo‘lgan sub’ektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilmoqda hamda bunga qarshi ‘O‘zavtosanoat’ AJ faol kurash olib bormoqda», — deya bayonot bergan kompaniya.

Tanqislik UzAuto Motors’ga qanday ta’sir ko‘ratmoqda?
Kompaniyaning har bir avtomobilida 100—300 ta yarim o‘tkazgichlardan foydalanilgan ehtiyot qismlar mavjud. Ular spidometr, elektr kuchaytirgich, magnitola, shuningdek, navigatsiya va boshqa joylarda ishlatiladi.

GM avtomobil zavodlari har hafta yarim o‘tkazgichlarni global miqyosda taqsimlaydi. Jarayon to‘rt bosqichga bo‘lingan — ishlab chiqarishdan taqsimlash shtabiga, u yerdan yetkazib beruvchi va avtomobil zavodiga.
Masalan, Cobalt uchun modullar Meksikadan, Nexia, Lacetti, Spark uchun esa Janubiy Koreyadan olib kelinadi. Jami 67 ta komponent uchun 38 ta yetkazib beruvchi mavjud.

Avvalroq UzAuto Motors rahbari yetkazib beruvchilar ta’minotdagi uzilishlar aniq bir sanada bartaraf etilishi bo‘yicha 100 foizlik kafolat yo‘qligini, taqchillik 2021 yilning uchinchi yoki to‘rtinchi choragida hal bo‘lishi mumkinligini, biroq zavodni to‘xtatish rejalashtirilmayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy doiralarga aloqador manbalarda UzAuto Motors avtomobillarini sotib olish uchun «shapka» tizimi qayta tiklangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi (aslida odamlar orasida bu kabi gap-so‘zlar Asakadagi avtozavod faoliyatida 2021 yil fevral oyida kuzatilgan salkam bir oylik tanaffusdan so‘ng, avtomobillarni yetkazib berish o‘rtacha 1—2 oyga kechikishi ma’lum qilinganidan keyin paydo bo‘lgan edi).

UzAuto Motors bu kabi gap-so‘zlarga munosabat bildirarkan, avtomobil ishlab chiqarishning keskin pasayib ketishi ortidan yuzaga kelgan taqchillikdan «ba’zi bir vijdonsiz sub’ektlar» foydalanishga urinib, «spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilayotgani»ni tan oldi. Qayd etilishicha, «O‘zavtosanoat» bunday holatlarga qarshi faol kurash olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors 2021 yilda deyarli barcha modellarni ishlab chiqarishni qisqartirdi