Foto: «Us37.ru»
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida transport vositalari haydovchilariga qulayliklar yaratuvchi quyidagi yangiliklar ko‘zda tutilgan:
— haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qo‘llarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanish huquqi berilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda;
— avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda;
— haydovchilarga, agarda ularning O‘zbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasportni, sug‘urta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilmoqda;
Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi to‘htatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021 yil 1 dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.
— harakat tezligini o‘lchashda, tezlikni o‘lchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik ko‘rsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash bo‘yicha qoida joriy etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?