2 351
Toshkent viloyatida 40 kun ichida eng ko‘p tezlikni oshirgan haydovchilar to‘g‘risida ma’lumot berildi
Foto: Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyatida 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 47 foizi aynan tezlik oqibatida yuzaga kelgan. Bu haqda viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu kabi hodisalarning sonini kamaytirish maqsadida Toshkent viloyatidagi avtomobil yo‘llarida 50 ga yaqin tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini aniqlovchi fotoradarlar faoliyat yuritmoqda.
«Viloyat hududida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi va ko‘p miqdorda jarima to‘lashlariga qaramasdan, ayrim haydovchilar Toshkent viloyati hududida 10 marotabadan ortiq fotoradarlar nigohiga tushmoqda», — deyiladi xabarda.
Trailblazer transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 14 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati
«GAZ 31029» rusumli transport vositasi haydovchisi 2021 yilda 18 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Equinox rusumli transport vositasi haydovchisi 30 kun ichida 11 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati
Captiva rusumli transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 9 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati
Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi 4 oy ichida 15 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati hududida 2020 yilning yanvar—noyabr oylarida fotoradarlar orqali jami 457 828 ta tezlikni me’yoridan oshirib, transport vositasini boshqarganlik holatlari aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?