Illustrativ surat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, xalqqa umuman foydasi tegmayotgan UzAuto Motors mashinalarini sotib olishga bo‘lgan navbatlar haddan ortiq ko‘payib ketdi.
Masalan, ayni paytda Lacetti uchun qariyb 25 000, oy boshida 22 000 edi, Cobalt uchun esa salkam 8 000 ta odam navbatda turibdi. Buning sababi asosan ishlab chiqarish kamayib ketganidadir.
Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan ancha kamaygan. 2021 yil yarmigacha 108780 ta mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yil shu paytda 34675 ta ulov ko‘p ishlab chiqarilgandi. Pandemiya bo‘lishiga qaramay.
Shuningdek, 2020 yilga qaraganda bu yil deyarli barcha modellarni ishlab chiqarish to‘xtatilgan, ayniqsa, Spark. Buning ortidan hozir mashina sotib olishni istab, to‘lov qilgan odam avtomobilni 2022 yil bahorida minadi. Natijada esa bir necha oy oldin «shapka» berish yana qaytgandi, UzAuto Motors rad etgan bo‘lsa ham.
Mashinaga bo‘lgan navbatlarni UzAuto Motors saytida onlayn ko‘rish mumkin, ammo hozir sayt ishlamayapti. Yoki odam ko‘p kirganidan server ko‘tarolmagan, yo shunchaki dam olish kuni bo‘lgani uchun o‘chirib qo‘ya qolishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?