Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Avtotransport vositalarining oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish» xizmati joriy etildi.
Endi siz avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olish barobarida, yaxshigina (10 foiz!) chegirmaga ham ega bo‘lasiz. Bu — «tonirovka»ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so‘mga arzonlashdi degani!
Bo‘lishi mumkin emas? Qanday qilib deysizmi?!
Agar bu sizni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘z avtotransportingizda qulaylik bo‘lishini va hech qanday jarimasiz «tonirovka»da yurishni istasangiz, barcha savollaringizga my.gov.uz manzilidan javob topasiz!
Quyidagi videoyo‘riqnomada xizmatdan foydalanish tartibi batafsil keltirilgan.
Xizmatning yana bir afzallik jihati — uning tezkorligi. Ya’ni to‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingizga elektron ko‘rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya’ni ruxsatnomangiz kelib tushadi. Va uni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.
Haydovchilarga yana bir ma’qul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKЕR majburiy ravishda yopishtirilmaydi!
Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?