Foto: Motor
Alibaba onlayn savdo maydonchasida bir kishini tashishga mo‘ljallangan mitti elektromobil sotuvga qo‘yildi. O‘lchamining kichikligiga qaramay, mashina umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish imkonini beradigan zarur qurilmalar bilan jihozlangan. Jamlanmasidan kelib chiqib Xitoy eleketromobilining narxi 100 dollardan 4 ming dollargacha bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Motor.
Mitti elektromobilning uzunligi 2133 millimetrni, eni 900, balandligi esa 1495 millimetrni tashkil etadi. G‘ildiraklar bazasi 1515 millimetr bo‘lgan modelning og‘irligi 230 kilogrammga teng. O‘lchamining kichikligiga qaramay elektrokar osti va yo‘l yuzasi orasidagi masofa 150 millimetrni tashkil etadi.
Xitoy elektromobili yopiq tipdagi aylanasimon kuzov, ikkita eshik, to‘rtta 10 dyuymli g‘ildirak bilan jihozlangan, shuningdek, bitta oynatozalagichi ham bor. Bundan tashqari, model jamlanmasidan yoritish qurilmalari, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oyna o‘rin olgan. Salonida to‘laqonli haydovchi uchun mo‘ljallangan o‘rindiq mavjud.
Foto: Motor
Mashina 1,3 ot kuchiga ega elektromotor yordamida soatiga 40 kilometrgacha tezlikda harakatga kelishi mumkin. Orqa uzatmali elektrokar bir marta quvvatlanish orqali maksimal tezlikda 60 kilometr yo‘l bosa oladi. Qo‘shimcha jihozlari va xaridor qaysi mamlakatdan ekanligidan kelib chiqib, mitti transport vositasini 100 dollardan 4 ming dollargacha xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?