20:10 / 24.09.2021
2 572

Endi Damas o‘rnini Volkswagen Caddy egallaydi

Endi Damas o‘rnini Volkswagen Caddy egallaydi
Foto: «Xabar.uz»
Prezidentning 2021 yil 27 maydagi «Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid topshirilgan edi.

Bugun, 24 sentabr kunidan boshlab «Jizzax avtomobil zavodi» tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy rusumidagi tez yordam avtomobillarini yetkazib berish boshlandi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.

Hozirgi vaqtda Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalarining A toifali tez tibbiy yordam mashinalari yetkazib berila boshlangan. Ushbu 1000ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari «Damas» rusumidagi amaldagi muddati tugagan avtomobillar o‘rnini egallamoqda.

Foto: «Xabar.uz»
Mazkur tez tibbiy yordam avtomashinalari O‘zbekistonning barcha viloyatlariga, jumladan, Toshkent shahriga ham yetkazib beriladi.

Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xalqaro talablarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay tarzda joylashtirish imkonini beradi.

Foto: «Xabar.uz»
Ushbu tez tibbiy yordam avtomobillari 12 yillik kuzov va 2 yil davomida cheklovsiz yo‘l bosish kafolatiga ega bo‘lib, respublika bo‘ylab rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari va dillerlarning mavjudligi, kafolat va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlarning doimiy mavjudligi, xavfsizlik tizimlarining bilan ta’minlanganligi, davlat xaridlari saytlarida ro‘yxatdan o‘tish va sertifikatlari mavjudligi kabi qulayliklarga ega hisoblanadi.

Foto: «Xabar.uz»
Volkswagen Caddy tez yordam avtomobillari shahar transportida yuqori sifat va yaxshi texnik ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Zarurat bo‘lganda, bemorga harakatni to‘xtatmasdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri mashinada tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin. Shu sababli aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish uchun Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari tanlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi Damas o‘rnini Volkswagen Caddy egallaydi