«UzAuto Motors» keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng, o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shu yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borilgan.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilgan edi.
Bugungi kunda «UzAuto Motors» kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
«UzAuto Motors»ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800dan ortiq avtomobilga yetdi.
Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi