“Uzavtosanoat” AJ va “Turkmeniston-Motors” AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi. Memorandum 4 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turkman iqtisodiy forumi doirasida imzolangan.
“Turkmeniston-Motors” ishlab chiqarish ob’ektlarida “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarishga oid shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.
Bundan tashqari, “Uzavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda “Uzavtosanoat” Turkmanistonga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi