11:50 / 11.10.2021
1 973

O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.

So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:
2015 yilda – 2 109 185 ta;
2016 yilda – 2 191 231 ta;
2017 yilda – 2 273 419 ta;
2018 yilda – 2 440 276 ta;
2019 yilda – 2 580 133 ta;
2020 yilda – 2 955 295 ta.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 36 667 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan. 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi