UzAuto Motors kompaniyasi mijozlardan Chevrolet Onix avtomobili mamlakatda qachondan boshlab ishlab chiqarilishi to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlarga javob berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker-2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.
Ta’kidlanishicha, Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Bunda avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.
«Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida esa ijtimoiy tarmoqlarda Onix avtomobili 13 ming dollardan boshlab sotuvga chiqqani aytilgan xabarlar tarqaldi. Biroq UzAuto Motors ushbu xabarlar asossiz ekanligini aytib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi. UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis jalb qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi