Bugun, 14 oktabr kuni telegram kanallarning birida bir nechta avtokonteynerlarda ortilgan Chevrolet Lacetti avtomobillari don ombori tomon yo‘naltirilgan video tarqaldi. «UzAuto Motors» ushbu avtomobillar nima uchun don omboriga qo‘yilayotganiga izoh berdi.
«To‘g‘ri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250-300 dona Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sababli o‘z egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yo‘qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo‘ladi. Masalan – xavfsizlik yostiqchalari.
«UzAuto Motors» ushbu detalni olishi bilanoq uni avtomobillarga o‘rnatadi va xaridorga topshiradi. Bu tayyor, ammo sotib bo‘lmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni to‘ldirib bo‘lishdi.
Shu sabab «UzAuto Motors» «O‘zdonmahsulot» bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzdi», deyiladi izohda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi