17:53 / 26.10.2021
2 426

Avtomashina uchun yig‘imlar bekor qilinishi kutilyapti

Avtomashina uchun yig‘imlar bekor qilinishi kutilyapti
Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, Moliya vazirligi 2022 yil budjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilishni rejalashtirgan.

«Bundan bir necha hafta avval, ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomasi orqali notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX (GAI)da ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar miqdorining yuqoriligi haqida yozgandim. Shuningdek, ushbu davlat boji va yig‘imlar stavkalarini 2022 yil uchun davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, Moliya vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborgandim», deb yozgan deputat.

G‘aniyevning ushbu so‘roviga Moliya vazirligidan javob kelgan. Unga ko‘ra, sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, javob xatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilgani hamda ularni pasaytirish yuzasidan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgrtirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.

«Ko‘rinib turibdiki, qonunchilikka yuqoridagi o‘zgarishlarni kiritish orqali 2022 yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish ko‘zda tutilmoqda. Kechagi saylov natijalari ortidan bu yaxshi xabardan anglash mumkinki, prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi prezidentlik davrida ham fuqarolarga qulayli yaratish, ularni rozi qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida davom etadi», degan deputat.

Ayni paytda mashina sotib oliganlik uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan (540 ming so‘m) 10 baravarigacha (2,7 mln. so‘m) belgilangan.

Notarius orqali rasmiylashtirishda gerb yig‘imi BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida belgilangan. Boshqa xarajatlar uchun 40 foiz (108 ming so‘m) undiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomashina uchun yig‘imlar bekor qilinishi kutilyapti