Respublika tovar-xom ashyo birjasi O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon avtomobil benzini segmentida narxlarning o‘sishiga oid ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning boshidan buyon Ai-80 markali benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mgacha, ya’ni 63,2 foizga o‘sgan. Birja savdolariga qo‘yilayotgan mazkur markali benzinning aksariyat qismi — 84 foizi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Respublika tovar-xom ashyo birjasi
Ko‘rib chiqilayotgan davrda mazkur markali benzinning boshlang‘ich bahosi o‘rtacha 70 foizga o‘sib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 005,0 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijasida Ai-80 markali benzinining boshlang‘ich va birja narxlari o‘rtasida tafovut o‘rtacha 1 foizdan oshmagan. Ya’ni benzin birja savdolari davomida o‘zining deyarli boshlang‘ich bahosida sotilgan.
Shu bilan birga, narxlarning ko‘tarilishi jahon birjalarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Brent markali neftning jahon bozorlardagi narxi 2021 yilning boshiga nisbatan o‘rtacha 60-70 foizga o‘sgan.
«O‘z navbatida, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi savdo tashkilotchisi (operatori) sifatida benzin bozorida shakllanayotgan holatni muntazam ravishda o‘rganib bormoqda. Birja tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasi va benzin bozorida narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi