O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi 17 noyabr kuni tushishni boshlagani haqida xabar berilgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ushbu tendensiya 18 noyabr kungi savdolarda ham davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tonna Ai-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3339,7 tonnasi yoki 75 foizi sotilgan.
Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming 500 so‘mgacha, 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib 9 foizga arzonlashgan.
Ishlab chiqaruvchilar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagilarni tashkil etdi:
- Farg‘ona NQIZ – 17 foiz;
- «Sanoat energetika guruhi» MCHJ QK – 16 foiz;
- Buxoro NQIZ (mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan) – 8 foiz;
- Buxoro NQIZ (import xom ashyodan ishlab chiqarilgan) – 0,2 foiz.
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi