14:17 / 23.11.2021
2 060

Birjada AI-80 markali avtomobil benzini 15 foizga arzonlashdi

Birjada AI-80 markali avtomobil benzini 15 foizga arzonlashdi
22 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 8 570 ming so‘mgacha pasayib, 15 foizga arzonlashgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

Qayd etilishicha, 1 tonnalik lotlar hajmi joriy yilning 22 noyabridan 50 foizgacha oshirilgan.

Mazkur kunda birja savdolariga jami 4 ming 317 tonna AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 3 ming 879 tonna yoki 90 foizi sotilgan.

Kichik 1 tonnalik lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzinning o‘rtacha sotish narxi 7055 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 28 foizga arzonlashgan, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 15 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 7 barobarga oshgan (32 tadan 239 taga).

Ko‘rilayotgan choralar natijasida birja savdolarida narxlar arzonlashayotgan bo‘lsa-da, bu yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi narxlarga deyarli ta’sir qilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Birjada AI-80 markali avtomobil benzini 15 foizga arzonlashdi