UzAuto Motors kompaniyasi shartnoma bo‘yicha 2021 yil noyabr-dekabr oylarida avtomobil olishini kutayotgan mijozlarga avtomobillari yana 2 oy o‘tib yetkazib berilishini ma’lum qilmoqda.
«Kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qiladi.
Boshqacha aytganda, UzAuto Motors’ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur», deyilgan bayonotda.
Avvalroq, kompaniya tomonidan oktabr va noyabr oylarida Lacetti va Labo avtomobillarini kutayotgan xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati mavjud emasligi sabab xaridorlar yana 2 oygacha kutishlariga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»