UzAuto Motors kompaniyasi 2021 yil 5—17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, UzAuto Motors AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishni e’lon qilgan.
Aynan mana shu sifat talablaridan kelib chiqib, UzAuto Motors 5—17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qiladi. «Chaqirib olish» dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.
Barcha ishlar UzAuto Motors AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Avtomobillarni chaqirib olish dasturiga to‘g‘ri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)