18:22 / 07.01.2022
2 962

Haydovchilar uchun qanday qulayliklar bo‘lishi kutilmoqda?

Haydovchilar uchun qanday qulayliklar bo‘lishi kutilmoqda?
2022 yilning 1 martidan boshlab identifikatsiya ID-kartasi bo‘lgan haydovchidan transportni boshqarish va ro‘yxatdan o‘tkazganlik, ishonchnoma hamda sug‘urta to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zi bilan olib yurish talab qilinmaydi.

Raqamlashtirish tufayli davlat yo‘l xavfsizligi xizmati xodimlari mazkur hujjatlarni maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshirishadi.

Bu bilan haydovchilarimiz endi transportni boshqarish va ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlar, ishonchnoma hamda sug‘urtani rasmiylashtirish bekor bo‘libdi, degan fikrga borishmasin. Ular albatta rasmiylashtirilishi shart. Faqat jarayon avtomatlashtirilganligi hisobiga mazkur hujjatlarni identifikatsiya ID-kartasi bor haydovchilar o‘zlari bilan olib yurmasligi javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.

Shuningdek, haydovchilarga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qo‘lni band qilmaydigan texnik vositalaridan (quloqchin, bluetooth) foydalanishga ruxsat beriladi.

Transport vositasini boshqarish paytida salonning old qismiga o‘rnatilgan monitordan teledastur va videodasturlarni tomosha qilishga qo‘yilgan taqiq saqlab qolingan holda, monitorni o‘rnatganlik uchun javobgarlik ham bekor qilinadi.

Shuni inobatga olib, 2022 yilning 1 fevraliga qadar sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilar uchun qanday qulayliklar bo‘lishi kutilmoqda?