21:30 / 08.01.2022
3 951

«O‘zbekneftgaz» benzin narxi tushishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«O‘zbekneftgaz» benzin narxi tushishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni avtobenzin narxi arzonlashganiga oid xabarlar tarqaldi. Shu yuzasidan «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, «O‘zbekneftgaz» tomonidan avtobenzin taqchilligi oldini olish, iste’molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi o‘zgarishlar eng avvalo jamiyat matbuot xizmati va OAV orqali rasman ommaga yetkaziladi.

Qayd etilishicha, «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan, ishchi guruhlari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olingan.

«Benzin taqchilligining oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida ‘O‘zbekneftgaz’, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Tovar-xom ashyo birjasi hamkorligida chora-tadbirlar bajarilmoqda.

Bugungi kunda birja savdolari orqali savdoga chiqarilayotgan avtobenzin sotib olinib, iste’molchiga yetkazib berilgunga qadar (soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar) 6700 so‘mni tashkil etmoqda.

Xarajatlarni kamaytirish borasida qilinayotgan ishlarning samarasi o‘laroq, bugungi kunda ‘O‘zbekneftgaz’ga qarashli UNG Petro korxonasi AYOQSHlarida 6500 so‘mdan sotib kelinmoqda. Respublika hududidagi ‘O‘zbekneftgaz’ning barcha AYOQSHlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanmoqda.

Avtobenzin narxi arzonlashishi borasida yangiliklar jamiyatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz
» – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zbekneftgaz» benzin narxi tushishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi