15:25 / 19.01.2022
1 476

Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishi ma’lum qilindi

Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishi ma’lum qilindi
UzAuto Motors kompaniyasi yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi butun jahon avtomobil sanoatiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani bois yana murojaat bilan chiqdi.

Kompaniya murojaatida ta’kidlanishicha, mikrosxemalar yetishmovchiligi UzAuto Motors kompaniyasi uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Humax korxonasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatgan.

Foto: UzAuto Motors
«COVID-19 sababli yarimo‘tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o‘z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetishmovchiligiga olib keldi. UzAuto talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o‘zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan yechim izlayapmiz», — deya xabar beradi Humax Automotive .

Ta’kidlanishicha, UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo‘llanilgan yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.

19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari Humax kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi. Qayd etilishicha, xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi.

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:
  • ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko‘ra, bozordan o‘zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o‘rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo‘qotilmaydi;
  • avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so‘ng, avtomobilni qayta jihozlash.

Kompaniya xaridorlardan uzr so‘ragan. «Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishi ma’lum qilindi