Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MCHJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang‘ich narxlari shakllanilishi yuzasidan o‘tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba’zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so‘mdan 6 500 so‘mga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.
Birja savdolarida joriy yil 10-14 yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021 yil 15-19 noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan o‘rtacha 9,6 mln so‘mdan 6,7 mln so‘mgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi, deyiladi xabarda.
Ko‘rilayotgan choralar o‘z navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy ta’sir etdi va AYOQSHlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 so‘mgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas