10:00 / 01.02.2022
1 260

2021 yilda eng ko‘p avtomobil Xitoydan olib kelingani ma’lum bo‘ldi

2021 yilda eng ko‘p avtomobil Xitoydan olib kelingani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 8 880 ta mashina.

Keyingi o‘rinlardan 6 472 ta avtomobil import qilingan Koreya va 4 539 ta avtomobil olib kelingan Rossiya bormoqda.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagi ko‘rinish oldi:
Qozog‘iston – 4 470 ta;
Polsha – 1 204 ta;
AQSH – 490 ta;
Litva – 428 ta;
Tailand – 250 ta;
Germaniya – 115 ta;
Yaponiya – 97 ta.

Avvalroq, 2021 yilda xorijdan 27 mingta avtomobil olib kirilgani xabar berilgandi.

2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati 588,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda 1 348 taga oshgan. 2021 yilda 809 ta elektromobil import qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2021 yilda eng ko‘p avtomobil Xitoydan olib kelingani ma’lum bo‘ldi