1 147
«Endi puli yoki tanish-bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi» — IIV o‘rinbosari
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
Toshkentda 3 fevral kuni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshladi. Bu haqda taqdimot marosimida bo‘lgan «Daryo» muxbiri xabar berdi.
Ushbu markaz haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihon majmuasi sanaladi. Unda fuqarolarning bilimi inson omilisiz baholanadi, butun boshli jarayon avtomatlashtirilgan hamda shaffof ekanligini ko‘rish mumkin. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev imtihonlar to‘liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinishi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonidagi korrupsion holatlarga chek qo‘yishini bildirdi.
«Endi tasavvur qiling, agar imtihon tizimi shaffof va adolatli bo‘lsa, faqat o‘qigan va yetarli malakaga ega fuqarolargina haydovchilik guvohnomasini olsa-yu, qolganlar yoppasiga imtihondan yiqilishni boshlasa, bu bizga nima beradi? Birinchidan, bu teskari zanjir reaksiyasini hosil qiladi va avtomaktablarda ta’lim sifati oshishiga olib keladi. Chunki hozir avtomaktablar asosan narxning arzon va qimmatligi bo‘yicha raqobatlashmoqda xolos. Ko‘pchilik fuqarolarni ham avtomaktablar ma’muriyatini ham ta’lim sifati unchalik o‘ylantirayotgani yo‘q. Lekin endilikda imtihondan pul, tanish-bilish orqali topshirishning imkonini qila olmagach, o‘z-o‘zidan o‘qishga majbur bo‘ladi, mas’uliyatsiz avtomaktablar esa yoki ishini yig‘ishtiradi yoki sifatli ta’lim berishni boshlaydi», deydi vazir o‘rinbosari.
Abdullayevning ta’kidlashicha, faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarda haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayadi. Aksariyat noxush holatlar aynan bilimsizlik ortidan yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.
«Xulosa qilib aytganda, endi puli yoki tanish bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi, yo‘lga chiqadi. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz va bunga yo‘l ham qo‘ymaymiz», deydi jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qilgan edi. Davlat rahbari haydovchilarni tayyorlash hamda imtihon tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha mutasaddilarga bir qator topshiriqlar bergan.
«O‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish jinoyatiga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha, bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritilsin», — deya davlat rahbari Adliya vazirligiga topshiriq yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar