Ayni vaqtda «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni yetkazib berishda shartnoma shartlari bo‘yicha oldindan to‘lov miqdorini pasaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu takliflarni Hukumatga kiritish rejalashtirilgan.
«Shu munosabat bilan Sizdan, mumkin bo‘lsa 2005-2011 yillarda «UzAuto Motors» («GM Uzbekistan» AJ) tomonidan yengil avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzganlar bo‘lsa, o‘sha shartnoma nusxalarini @Kusherbayevga_murojaatbot bot manziliga yuborishda yordam ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz. Ma’lumotlardan fuqaroning shaxsi egasizlantirilgan holda takliflarni asoslashda foydalaniladi», deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «UzAuto Motors» avtomobillariga oldindan to‘lov miqdori 85 foizni tashkil etadi.
«Monopoliyani jilovlash qiyin bir vaziyatda ezgu maqsad yo‘lida ko‘rsatayotgan hamkorligingiz uchun oldindan rahmat!», deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi