1 089
Avtomobilni auksion orqali ijaraga berishda shartnomani notarial tasdiqlash bekor qilindi
«Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi, deb xabar beradi Norma.
Unga ko‘ra, endilikda avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda, elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasining birinchi qismi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Endilikda Savdo-sanoat palatasi xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekiston hududida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq avtomototransport vositalarini 30 kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirdi
BAA Qatarni shunchaki yanchib tashladi. O‘zbekistonga "kela olmagan" Limadan poker
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."