22:45 / 17.02.2022
2 181

O‘zbekistonda Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladimi?

O‘zbekistonda Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladimi?
«BYD Han» elektromobili.
Foto: «Rossaprimavera»

«O‘zavtosanoat» Xitoydagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya — BYD bilan kelishuv imzoladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Shukurov bugun, 17 fevral kuni ishbilarmonlar tarmog‘i — «LinkedIn»dagi o‘z akkauntida xabar qoldirdi.

Foto: «LinkedIn»
«Bugun biz Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD kompaniyasi bilan kelishuv imzolamoqdamiz. Elektromobillar kelajagiga dastlabki qadam», — deb yozdi Shukurov.

Xitoyning BYD kompaniyasiga 1995 yili xitoylik Van Chuanfu asos solgan. Kompaniya dunyodagi eng yirik avtomobilsozlardan biriga aylangan: kam litrajli mashinalar, sedanlar, biznes-klassdagi mashinalar, krossoverlar, gibrid avto, elektrokarlar va elektrobuslar ishlab chiqaradi. Hozirda jahon elektromobillar bozorida 9 foiz ulush bilan 4-o‘ringa ko‘tarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladimi?