«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi — «Ford» va koreyslar kuchaydi

«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi — «Ford» va koreyslar kuchaydi
«Ford Mustang Mach-E».
Foto: «iXBT»

AQSHda 43,895 – 61,995 ming dollardan sotilayotgan «Ford Mustang Mach-E» elektrokari «Yilning eng yaxshi avtomobili» (Consumer Reports) an’anaviy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi — «Ford» va koreyslar kuchaydi
«Kia Niro EV». Foto: «HEvCars»
Ushbu mashina bilan g‘oliblik uchun kurashgan «Tesla»ning ikki modeli — Model Y va Model 3 hatto ikkinchi o‘rinni ham egallay olmadi. Ikkinchi o‘rinda — «Kia Niro» (Janubiy Koreya). Uchinchi — «Tesla Model 3».
«Tesla» eng yaxshi elektromobillar reytingida quladi — «Ford» va koreyslar kuchaydi
«Tesla Model 3». Foto: «Drom»
«Tesla» kompaniyasi jahon elektromobillar bozorida eng ko‘p mashina sotish bilan ustunlikka ega, Model 3 bir necha yillardan biri yuqoridagi sovrinni egallab kelgan.

Endi «Tesla» «Yilning eng yaxshi avtomobili» umumiy reytingida yetti pog‘ona pastlab, 23-o‘rindan joy oldi, elektrokarlar reytingida esa — uchinchi o‘rinda.

«Ford Mustang Mach-E» yo‘llarda o‘tkazilgan sinovlar, foydalanuvchilarning bahosi, ishonchliligi, xavfsizligi bo‘yicha to‘plagan ballari hisobiga birinchi o‘ringa ko‘tarildi, deyiladi Consumer Reports hisobotida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar