19:03 / 22.02.2022
1 266

UzAuto Motors «Malibu 2»ga shartnoma tuzishni to‘xtatdi

UzAuto Motors «Malibu 2»ga shartnoma tuzishni to‘xtatdi
Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors 2022 yilning 22 fevral kunidan «Malibu 2» avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi.

Kun.uz muxbiri bog‘langan kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtinchalik holat. Mart oyidan boshlab ushbu rusumdagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish yana qayta tiklanishi mumkin, ammo aniq muddat bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

«Bu modeldagi avtomobillar uchun xorijdan uskunalar keladi va biz ularni yig‘ib, mijozlarga yetkazib beramiz. Bunda o‘zining belgilangan miqdori bo‘ladi va bu miqdor bo‘yicha shartnomalar to‘liq tuzib bo‘lingan.

Keyingi yig‘iladigan avtomobillar soni aniq bo‘lgandan keyin shartnomalar qabul qilishni yana boshlaymiz. Bu qachon boshlanishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Mart oyida ochilib qolish ehtimoli bor
», degan kompaniya xodimi.

Shuningdek, «Malibu 2»ning narxi oshirilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors «Malibu 2»ga shartnoma tuzishni to‘xtatdi