S&P Global Ratings import qilinadigan yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining qisqarishi UzAuto Motors’ga qanday ta’sir qilishini tahlil qildi. Bu haqda «Uzdaily.uz» xabar bermoqda.
Bojxona to‘lovlarining 30 foizdan 15 foizga kamaytirilishi mamlakatimizga olib kirilayotgan avtomobillar sonini oshiradi. GM (General Motors) ishlab chiqarishni keng miqyosda mahalliylashtirish va tannarxni optimallashtirishga harakat qildi.
Shunga qaramasdan, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar asosiy modellarining narxlari import qilinadigan avtomobillarga nisbatan 20-40 foiz pastligicha qolmoqda.
Qisqa muddatda narxlar, sotish hajmi va kompaniyaning raqobatdosh pozitsiyasiga bosim bo‘lishi kutilmoqda.
Yaqin kelajakda import bojlari yanada keng miqyosda pasaytirilgan taqdirda UzAuto Motors avtomobillarining narxlari pasayishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hukumati yangi avtomashinalarga buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarning eng kam miqdori bo‘yicha talablarni ham 85 foizdan 50 foizgacha qayta ko‘rib chiqdi.
UzAuto Motors kredit profilining bu harakatlardan keyin yomonlashishi xavfi kamligini ta’kidlanmoqda. Kompaniya 2022 yilda asosiy holatni inobatga olgan holda aylanma mablag‘larning 200-250 mln dollar bo‘lishini rejalashtirgan.
O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining bosqichma-bosqich liberallashuvi kompaniyaning hukumat bilan munosabatlariga bo‘lgan bahomizni o‘zgartirmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi