
UzAuto Motors ommabop avtomobillar uchun shartnomalarni yangilaganini ma'lum qilgandi. Kompaniya vakili avtomobil narxlari necha foizga oshganini ma'lum qildi.
Unga koʻra, Lacetti (Gentra) — 12 foizga, Damas, Spark, Cobalt, Nexia-3 — 10 foizga koʻtarilgan.
Shundan kelib chiqib avtomobillarning yangi narxlari quyidagicha boʻladi:
- Spark 4-pozitsiya — 104 million 95 ming soʻm.
- Gentra 1-pozitsiya — 128 million 284 ming soʻm.
- Gentra 3-pozitsiya — 153 million 506 ming soʻm.
- Nexia-3 AT/plus — 119 million 921 ming soʻm.
- Cobalt AT/plus — 125 million 795 ming soʻm.
Avtosalonlar oshgan narxlarda shartnoma berishni 3 martdan boshladi.
Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, Malibu va Tracker avtomobillari narxlari oʻzgarishsiz qolgan.
Eslatib oʻtamiz, ommabop avtomobillar narxi oxirgi marta 2020 yil 9 mart kuni 3 foizdan 21 foizgacha oshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar