Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston hukumati “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga asosan, 2022 yil 1 maydan boshlab:
— “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
— avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida avtotransportning bosib o‘tgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan, texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.
“Avtomobil tarixi” ma’lumotlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- avtotransportning agregat ma’lumotlari;
- bosib o‘tgan masofasi;
- shartnoma tuzilganligiga oid ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
- yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi;
- qoidabuzarliklar holati;
- garovga qo‘yilganlik holati;
- taqiq borligi yoki yo‘qligi;
- bojxona rasmiylashtiruviga oid ma’lumot;
- litsenziya olinganlik holati (yo‘lovchi tashish uchun).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali). Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan o‘z “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yo‘llangan so‘rovnomalar bundan mustasno).
Ma’lumotnoma axborot xususiyatiga ega hujjat hisoblanadi.
Ariza beruvchilar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan istalgan avtomobil haqida ma’lumot olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing