Haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan 19 martdan – 2 aprel kunigacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.
Qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – to‘liq qamrov uchun o‘rtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.
Respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020 yildan – 2021 yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021 yildan – 2022 yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan.
Bugungi kunga qadar 2,6 mln.dan ortiq haydovchilaring guvohnomalari yangisiga almashtirilgan, 3,1 mln.dan ortiq kishiniki esa hali hujjatlari almashtirilmagan.
Muammoni bartaraf etish uchun mas’ullar yangi choralar ko‘rishayotgani aytilmoqda. Unga ko‘ra:
Birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda;
Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning taxminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmasligi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iz Respublikasi Eronga qarshi o‘yinda baribir mag‘lub bo‘ldi