1 328
Rekord: Mercedes-Benz elektrokari bir marta quvvatlanishda ming kilometrdan ortiq yo‘l bosdi
Foto: Mercedes-Benz
Mercedes-Benz kompaniyasi Vision EQXX konsept-kari bir marta quvvatlanish orqali «1000 kilometrdan ortiq» yo‘l bosib o‘tganini e’lon qildi. Bu zamonaviy elektromobillarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ikki barobarga ko‘p.
Germaniyaning Zindelfingen shahridan Fransiyaning Kassis shahrigacha bo‘lgan 1008 kilometrli safar 12 soat vaqtni olgan. O‘rtacha tezlik soatiga 87,4 kilometrni, maksimal tezlik esa 140 kilometr/soatni tashkil etgan. Har 100 kilometrga o‘rtacha 8,7 kilovatt/soat energiya sarflangan.
Finishga yetib kelgan avtomobilning 15 foiz quvvati qolgan, bu yana 140 kilometr masofa uchun yetarlidir. Natijalar TÜV Süd mustaqil eksperti tomonidan qayd etib borilgan.
Foto: Mercedes-Benz
Ta’kidlanishicha, avtomobilning aerodinamik kuzov shakli va yengil konstruksiya (1755 kilogramm) energiya tejashga yordam bergan. Shuningdek, «favqulodda past» qarshilikka ega maxsus shinalar (Bridgestone) quvvatni saqlab qolgan. Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil tog‘ dovoni va turli ob-havo sharoitini (yomg‘ir, shamol) bosib o‘tgan.
Taqqoslash uchun, Tesla Model S bir marta quvvatlanish orqali 637 kilometr, BMW IX xDrive50 esa 630 kilometr yo‘l bosa oladi. Elektromobil chakana savdoga 2022 yilning ikkinchi choragida chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabrida Volkswagen ID.4 bitta mamlakat hududida eng uzoq sayohatni amalga oshirgan elektrokar sifatida rekord o‘rnatgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi