Haydovchilarga 1 maydan boshlab aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalar hamda dvigatel shovqinini belgilangan me’yordan baland ovozda qilib foydalanish taqiqlandi. Bu haqda 15 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida IIV JXD YHXX boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ma’lum qildi.
Erali Bozorovning aytishicha, hukumatning yangi tahrirdagi «Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan haydovchilarga bir qancha yangi taqiqlar qo‘yilmoqda. Xususan, aholi punktlarida magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa uskunalardan baland ovozda foydalangan haydovchiga ma’muriy chora ko‘riladi.
«Davlat standartida shovqin me’yori degan narsa bor. U standartlar yana bir ko‘rib chiqilmoqda va yangilanmoqda. Albatta, bu bandni biz o‘z-o‘zidan qo‘shmaganmiz. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning eng ko‘pi mana shu masalada. Ba’zilar kechqurun mashinasida baland musiqa qo‘yganda mashina qimirlab ketadi. Fuqarolarga bu salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eski yo‘l harakati qoidalarida bu masalaning yechimi ko‘rsatilmagandi. Shuni inobatga olib, yangi band kiritildi. Ayrimlar mahallani ichiga kirib olib juda qattiq signal beradi.
Musiqani baland qo‘yib oladi. Bunday shovqin qilganlarga chora ko‘rish bo‘yicha band 1 maydan kuchga kiradi. Shu paytgacha biz chora ko‘ra olmas edik, faqat ogohlantirardik. Endi chora ko‘rish vaqti keldi. Mutaxassislar bilan maslahatlashganimizda shovqin darajasini o‘lchaydigan moslamalar bor ekan. Yo‘l harakati qoidalari kuchga kirgach, shunday moslamalarni olib kelamiz. Tezlikni o‘lchash moslamasi, alkatestor kabi uskunalar qatoriga shovqinni o‘lchaydigan moslamalar kirib keladi. Shovqin balandligi belgilangan standartdan yuqori bo‘lsa, ma’muriy choralar ko‘riladi», — dedi tashkilot rasmiysi.
Ma’lum qilinishicha, yangi tahrirdagi qaror asosida haydovchilarga transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan tele va videomonitordan tele hamda videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish ham taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi