12:20 / 18.04.2022
1 743

O‘zbekistonda «prava»ga o‘qitish kurslari bir oyda qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda «prava»ga o‘qitish kurslari bir oyda qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi
2022 yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 13,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 13,9 foizga qimmatlashgan.

Shuningdek, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Bundan avval O‘zbekiston viloyatlaridagi DXMlarda ham «prava» almashtirmoqchi bo‘lganlar uchun «so‘nggi mijozgacha» ish rejimi joriy etilgani hamda Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun eski namunadagi «prava»larni yangisiga almashtirish boshlangani haqida xabar berilgandi.

Hukumat qarori bilan «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilgan. Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
- 2010–2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
- 2013–2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda «prava»ga o‘qitish kurslari bir oyda qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi