
Foto: Getty Images
Polsha Yevropa ittifoqi mamlakatdagi ukrainalik qochqinlar ta’minoti uchun mablag‘ ajratishini kutmoqda. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha urushdan qochib qutulgan 2,5 mln nafar ukrainalikka "o‘z eshiklari va qalbini ochdi". Bundan tashqari, Polsha ukrainalik yarador harbiylarga yordam bermoqda.
"Buning uchun bizga pul kerak", - deb ta’kidladi u va Yevroittifoq hozircha Varshavaga "bir sent ham" ajratmaganini qo‘shimcha qildi.
"Biz adolatli munosabatni xohlaymiz. Turkiyaga oxirgi marta qochqinlar kelganida milliardlar bilan qo‘llab-quvvatlashgandi. Hozir biz ham YEI yordam ko‘rsatishiga munosibmiz", - dedi Mateush Moravetskiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar