Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb tomonidan Ukrainadagi vaziyatga aralashuv oqibatlaridan ogohlantirib, «yashin tezligida javob» qaytarishni va’da qildi.
«Agar kimdir bu ishlarga chetdan aralashmoqchi bo‘lsa va Rossiya uchun strategik xarakterdagi tahdid yaratsa, bizning qarshi javobimiz yashin tezligida beriladi. Bizda hech kim maqtana olmaydigan barcha instrumentlar bor. Biz esa bu bilan maqtanmaymiz, agar zarurat tug‘ilsa ulardan foydalanamiz. Buni barcha bilishini istardim. Bu borada barcha qarorlar qabul qilingan», dedi Vladimir Putin senatorlar qarshisida.
U yana bir marta ukrainlarning Qrim va Donbassga hujum qilish rejalari bo‘lganini ta’kidladi va rossiyalik harbiylar «Rossiya qarshisida yuzaga kelgan real xavf»ning oldini olishganini aytdi.
«Mamlakatimizga do‘st bo‘lmaganlar yildan yilga Ukrainani Rossiyaga qarshi qayrab, yangi geosiyosiy qurol ishlab chiqishga urindi. Ukrainani Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga undadi, ular hatto Qrim va Donbassga hujum rejalarini ham tuzgandi», dedi u.
Putin Rossiyaning harakatlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qilingan harakatlar deb atadi va Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot» reja bo‘yicha ketayotganini qayd etdi.
«Kiyev hukumatining yadro quroli yuzasidan e’tirozlari, Ukraina hududida G‘arbning biologik laboratoriyalari tashkil qilinayotgani, mamlakatga eng zamonaviy qurol-yarog‘lar yetkazib berilayotgani, bizning ushbu harakatlarga nisbatan reaksiyamiz to‘g‘ri va o‘z vaqtida berilganini tasdiqlaydi. Bizning ofitserlar o‘z burchini qahramonlarcha bajarishmoqda, barcha vazifalar to‘liq amalga oshiriladi», deya qo‘shimcha qildi u.
Putin yana nimalar dedi:
- RFning dunyodagi muxoliflariga shunchaki Rossiya kabi ulkan davlat kerak emas.
- Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ta’sirida qulamasdan tik turibdi.
- Rossiyaning xorijda ko‘plab tarafdorlari bor.
- Vatanparvarlik - Rossiya davlatchiligining muhim asoslaridan biri va rus jamoatchiligi uchun eng muhim qadriyat.
- «Vatanparvarlik pozitsiyasini egallagan» jurnalistlarni qo‘rqitishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka mahkum.
Putinning so‘zlarini qanday tushunish mumkin?
Vladimir Putin Ukraina bilan urush davrida ikkinchi bor yadro qurolini qo‘llash imkoniyati haqida eslatmoqda.
«Yars» qit’alararo ballistik raketasi Moskvadagi g‘alaba paradida. 2018 yil
FOTO: Sergey Bobilyov / TASS
27 fevral kuni u mamlakat tiyib turuvchi yadroviy kuchlari «alohida muhim jangovar navbatchilik rejimi»ga o‘tkazilishini e’lon qilgandi. Endi esa u Ukrainadagi vaziyatga tashqaridan aralashuv bo‘lgan taqdirda, javob juda tezkor bo‘lishini aytmoqda.
Putin aynan yadroviy kuchlarni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan, shunchaki Rossiyada mavjud bo‘lgan va qo‘llash uchun shay holatda turgan ma’lum «instrumentlar» haqida eslatib o‘tdi. Ammo «qarshi javob zarbasi» atamasi - aynan tiyib turuvchi yadroviy kuchlarni ifodalaydi.
Shu bilan birga, fevral oyidagi bayonotda bo‘lgani kabi, uning so‘nggi so‘zlari ham yadroviy kuchlarni qo‘llash konseptsiyasidagi o‘zgarishni anglatishi mumkin bo‘lgan qandaydir yangi qoidalarni o‘z ichiga olmagan.
2020 yil iyunida Rossiya «Yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosati asoslari» nomli hujjat qabul qilingan, uni noformal mudofaa doktrinasi, to‘g‘rirog‘i, uning strategik yadroviy kuchlardan foydalanish sohasidagi kengaytirilgan tavsifi desa ham bo‘ladi. Unda, xususan, yadroviy qurol qo‘llash shartlari keltirilgan.
Bu shartlardan biri - Rossiya tomon ballistik raketa uchayotgani to‘g‘risida ishonchli ma’lumot mavjudligi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, Moskvada zarba berish bo‘yicha qaror bu yerdagilar Rossiyaga qarata qit’alararo harakatlanuvchi yadroviy raketalar uchirilgani haqida xabardor bo‘lishgach, qabul qilinadi - hatto bunday raketalar nishongacha yetib bormagan taqdirda ham.
Aynan shunday zarba «qarshi javob zarbasi» deyiladi.
Dushman raketalari nishonga yetib borganidan keyin beriladigan «javob» zarbasi tushunchasi ham mavjud. Bu ham Rossiya strategik hujjatida nazarda tutilgan - va bunday zarba «Rossiya Federatsiyasi yoki uning ittifoqchisi hududiga yadroviy va/yoki boshqa ommaviy qirg‘in quroli qo‘llangan taqdirda» berilishi mumkin.
Nazariy jihatdan, «oldini oluvchi» zarba ham bo‘ladi, bu dushman raketalarini startdan oldin to‘xtatishni nazarda tutadi, ammo «Davlat siyosati asoslari»da bu haqda keltirilmagan.
Konseptsiyada Putin 27 aprel kungi chiqishida tilga olgan «strategik xarakterdagi nomaqbul tahdidlar» haqida ham so‘z boradi, garchi so‘zma-so‘z shunday formulirovkada kelmasa ham - hujjatga ko‘ra, Moskva yadroviy kuchlardan «Rossiyaga qarshi oddiy qurollar bilan tajovuz qilish va davlatning mavjudligiga tahdid solish» vaziyatida ham foydalanishi mumkin.
Butun Rossiya mavjudligi yo‘q qilishdan ko‘ra kichikroq ko‘lamli tahdidni «nomaqbul strategik xarakterdagi tahdid» sifatida tushunish mumkinmi, yo‘qmi, buni Putinning so‘zlaridan anglash qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!