Foto: Khaama Press
Afg‘onistonning Balx viloyati markazi Mozori Sharifda 28 aprel oqshomida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Teraktlar uchun javobgarlikni ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi zimmasiga oldi. Terrorchilarning o‘zi portlashlarda 30 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Khaama Press nashri.
Hujumlar nishoni jamoat transporti bo‘lgan. Balx politsiyasi va xavfsizlik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mikroavtobuslarga portlovchi moddalar o‘rnatilgan. Hodisa yo‘lovchilar iftorlik qilish uchun uylariga shoshilayotgan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Shahar politsiyasi matbuot kotibi Asif Vaziriyning fikricha, hujumlar nishoni shialar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bir hafta avval, 21 aprel kuni ISHID terrorchilari Mozori Sharifdagi shialar masjidiga hujum qilgan edi. Jabrlanganlar soni turlicha: mahalliy manbalar 30 dan ortiq odam halok bo‘lgani va 90 ga yaqini yarador bo‘lganini aytgan, «Tolibon» vakillarining bayonotida esa qurbonlar soni kamroq.
22 aprel kuni Qunduz shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgandi, yana 43 kishi jarohat olgan.
Mozori Sharif1, Portlash1, Afg‘oniston1, Terakt1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...