Foto: «Autoevolution»
AQSHdagi Aumann auksioniga 1912 yilda ishlab chiqarilgan «Pioneer 30-60» traktori sotuvga qo‘yildi.
Ko‘hna traktorni «Lamborghini Aventador» narxida — 500 ming dollar (!)ga sotishmoqchi.
Amerikaning «Pioneer» (audiotizimlar chiqaruvchi yapon kompaniyasi bilan adashtirmang) kompaniyasi 1900–1927 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqargan. «Pioneer 30-60» traktorlari 1910–1927 yillarda chiqarilgan. O‘z davri uchun ham arzon texnika bo‘lmagan — 2 700 dollar, hozirgi kursda — $77 500.
«Pioneer 30-60» traktorlaridan bugungacha faqat 14 tasi yetib kelgan, shunga narxi qimmat. Qolaversa, traktor yaxshi saqlangan, 1993 yilgacha muzeyda turgan, 1997 yilda to‘liq qayta ta’mirlangan.
Traktor ko‘rinishidan lokomotivni eslatadi, ort g‘ildiraklari diametri — 2,4 metr. Shinalari esa yo‘q.
«Pioneer 30-60» kapoti ostida to‘rt silindrli ulkan oppozitiv benzinli divigatel joylashgan (sig‘imi — 20,2 litr). 60 ot kuchiga ega, maksimal tezligi — atigi 10 km/s. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi