Turkiyaning Mardin viloyati Midyat tumanida qadimga yerosti shahar topildi. Arxeologlar yerosti maskan favqulodda katta ekanini ta’kidlamoqda, deb xabar beradi Daily Sabah nashri.
Quduq, bunker, ibodatxona hamda uzun yo‘laklardan iborat ulkan shahar milodiy II-III asrlarga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Noyob xazina tasodif tufayli topildi. Hududdagi tarixiy ko‘cha va uylarni tozalash jarayonida olimlar g‘or og‘ziga duch kelishdi. Keyinroq bu yerosti shaharning kirishi darvozasi ekani ma’lum bo‘ldi. Arxeologlar devoriy yozuvlarni o‘rganish jarayonida Midyat shahri milodning boshlarida Matiat deb atalganini aniqlashdi.
TRT tayyorlagan videolavhada yerostidagi shaharning umumiy ko‘rinishi aks etgan.
Mardin muzeyi direktori va qazishma ishlari rahbari G‘ani Tarkan ilgari Onado‘lida ham yerosti shaharlar topilgani, ammo Matiat ulkanligi bilan alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
«Matiat 1900 yil davomida xizmat qilgan. Avval-boshda bu maskan yashirinish joyi siftida qurilgan bo‘lsa kerak. II asrda nasroniylik rasmiy maqomiga ega bo‘lmagani ma’lum. Nasroniylikni qabul qilgan oilalar va qavmlar Rim ta’qibidan qochish uchun yerosti shaharlarga yashiringan. Midyatdagi yerosti shahar ham shu maqsadda barpo etilgan bo‘lsa kerak. O‘rganishlarimizga ko‘ra, bu yerda 60-70 ming kishi jon saqlashi mumkin bo‘lgan», ؘ– deydi qazishma ishlari rahbari G‘ani Tarkan.
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan olib borilayotgan arxeologik o‘rganishlarda sirli tarixiy maskanga oid yangi tafsilotlar aniqlanishi kutilmoqda.
Turkiyaning boshqa ko‘hna shaharlarida ham ko‘plab yerosti maskanlar topilgan. Masalan, Derinkuyu yerosti shaharchasining chuqurligi 60 metrni tashkil etadi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda barpo etilgan maskan 20 ming kishini bag‘riga sig‘dirgan. YUNЕSKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kappadokiya mintaqasidagi yerosti shaharlarga har yili millionlab sayyoh boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi