07:00 / 30.04.2022
898

Dunyodagi eng qimmat media brend e’lon qilindi

Dunyodagi eng qimmat media brend e’lon qilindi
Foto: Paul McErlane / Bloomberg
Brand Finance kompaniyasi dunyodagi eng qimmat 50 ta media brendning navbatdagi reytingini taqdim etdi.

O‘tgan yilgidek Google eng qimmat media brend deb topildi. Mutaxassislar uni 263,4 mlrd dollarga baholadi.

Google o‘zining deyarli barcha daromadini reklamadan oladi. Pandemiya boshida, reklama beruvchilar o‘z xarajatlarini qisqartirganda, holat yomonlashishiga olib keldi.

Ammo, dunyo yangi me’yorlarga moslashgani sayin, reklama budjetlari ochila boshladi, natijada brend qiymati 2021 yilga nisbatan 38 foizga oshdi.

Ikkinchi o‘rinni Meta Platforms’ning Facebook brendi (101,2 mlrd dollar) egalladi.
Uchinchi o‘rinda Xitoyning WeChat platformasi (62,3 mlrd dollar) bo‘ldi.
To‘rtinchi o‘rinni Xitoyning TikTok/Doyin brendi (58,98 milliard dollar) egallab, eng tez o‘sayotgan brendga aylandi.
Beshinchi o‘rinda joylashgan Disney klassik mediabrendlarning eng qimmati bo‘lib chiqdi.

Reytingdagi umumiy brend qiymatining 66 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq TikTok 2021 yilda Google’ni ortda qoldirib, eng ommabop platformaga aylangani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng qimmat media brend e’lon qilindi