Rossiya Ukrainaga bostirib kirishda bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Liviyadan 1200 ga yaqin yollanma askarini olib chiqib ketdi.
Financial Times gazetasining yozishicha, nomi oshkor etilmagan Liviya rasmiylari so‘nggi haftalarda “Vagner” yollanma guruhiga mansub 200 nafar rossiyalik va Moskva tomonidan yollangan 1000 nafar suriyalik Liviyani tark etganini ma’lum qilgan. Biroq hisobotda aytilishicha, mamlakatda hali ham 5000 rossiyalik yollanma askar qolmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqada bo‘lgan Yevgeniy Prigojin ismli oligarx tomonidan boshqarilib moliyalashtirilgan “Vagner" guruhi so‘nggi besh yil ichida bir qator mamlakatlarda, jumladan Suriyada ham faol bo‘lib, Bashar Asadga yordam berib kelgan.
Guruh bu mamlakatlardagi amaliyotlari davomida ko‘p sonli inson huquqlarini poymol qilgan va tinch aholiga nisbatan vahshiyliklarni amalga oshirgan. Liviya hududida portlovchi minalar o‘rnatgan va Suriyada qurolsiz odamlarni kaltaklagan, qiynoqqa solgan va yoqib yuborgan.
Liviyadan tashqari, u Afrikaning boshqa mamlakatlarida, masalan, Markaziy Afrika Respublikasi va Malida ham faol bo‘lib turibdi. Ayrim OAV xabarlariga ko‘ra, yaqinda qo‘shinlarni olib chiqish chog‘ida 200 ga yaqin “Vagner” jangchisi ham Markaziy Afrika Respublikasini tark etgan.
Ukrainadagi rus harbiylari so‘nggi ikki oy davomida muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdi. Ruslar poytaxt Kiyevni bosib olishga urinishlaridan voz kechib, o‘z harakatlarini mamlakat janubi va sharqiga qaratishga majbur bo‘lgan vaqtda Liviyadan yollanma askarlarni olib chiqishga qaror qildi.
"Vagner" yollanma askarlari Rossiya kuchlariga Ukrainadagi operatsiyalarida yordam berish uchun yo‘naltirilishi va joylashtirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi