09:50 / 01.05.2022
1 823

Lavrov AQSH va NATOni Kiyevga qurol yetkazishni to‘xtatishga chaqirdi

Lavrov AQSH va NATOni Kiyevga qurol yetkazishni to‘xtatishga chaqirdi
Foto: Anadolu Agency
NATO mamlakatlari Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasini siyosiy kelishuv yo‘li bilan tugatishiga xalaqit berish uchun barcha ishni qilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Rossiya vaziri NATOning harakatlarini «ikki yoqlama standartlar va ikkiyuzlamachilikning ko‘rinishi» deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Polsha va NATOning boshqa mamlakatlari orqali turli qurollar to‘xtovsiz oqib kelmoqda. Bularning barchasi «tajovuzga qarshi kurash» bahonasida qilinmoqda, aslida esa AQSH va Yevroittifoq Rossiya bilan «so‘nggi ukrainalik qolmagunicha» jang qilmoqchi va Ukrainaning taqdiri ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri AQSH va NATO «Ukraina inqirozi hal qilinishidan manfaatdor bo‘lsa, o‘zlariga kelishi va Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishi kerak»ligini aytdi.

«Ukrain xalqi «Stinger» va «Javelin»larga emas, gumanitar masalalar hal etilishiga muhtoj», - dedi u.

Lavrovning fikricha, g‘arb mamlakatlari Ukraina hukumatining harakatlarini oqlash bilan natsistlarning jinoyatlariga sherik bo‘lmoqda.

Rossiya vaziri shuningdek, Ukraina hukumatini provokatsiyalardan voz kechishga chaqirdi.

Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanligi, ammo g‘arbning ig‘vogarona harakatlari bunga xalal berayotganini ta’kidladi.

«Ishonchim komilki, Kiyev uzoqdagi maslahatchilar fikri bilan emas, ukrain xalqi manfaatini o‘ylab ish tutsagina kelishuvga erishish mumkin», - deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov AQSH va NATOni Kiyevga qurol yetkazishni to‘xtatishga chaqirdi